Firibgarlar foydalanuvchilarga shaxsiy xabarlarda «yangi oʻzbekcha klaviatura» nomli ilovani yuborib, plastik karta maʼlumotlarini oʻgʻirlash maqsadida uni telefonga oʻrnatishni taklif qilmoqda.
Ipak Yuli Bank xabariga koʻra, firibgarlar zararli ilovani oʻzbek alifbosi klaviaturasi niqobi ostida tarqatmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi foydalanuvchilarning shaxsiy xabarlariga oʻrnatish havolasini yubormoqda.
Oʻrnatilgandan soʻng, ilova foydalanuvchining plastik kartalari maʼlumotlariga kirish imkoniga ega boʻlishi mumkin.