2026-yilning birinchi yarmida Qozogʻistonda oʻrta biznesga ajratilgan yangi kreditlar hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 56,2 foizga oshib, 1,9 trln tengeni tashkil qildi, deb xabar berdi Qozogʻiston moliyachilar assotsiatsiyasining tahliliy markazi.
Qarz olish uchun arizalar soni 4,1 foizga oʻsib, 10,3 mingtaga yetdi, maʼqullangan arizalar ulushi esa 33,8 foizdan 38,0 foizgacha oshdi. Korporativ kreditlar ajratilishida oʻrta biznesning ulushi 12,8 foizdan 16,6 foizgacha oʻsdi. Oʻsishning qariyb yarmini sanoat, yana 30 foizini esa savdo taʼminladi. Oʻrta biznesga berilgan kreditlar portfeli oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 28,6 foizga oshib, 3,3 trln tengega yetdi.