2026-yilning yanvaridan iyuligacha Oʻzbekiston bank tizimining umumiy kredit qoldigʻi 604,0 trln soʻmdan 644,6 trln soʻmga yoki 6,7 foizga oshdi.
Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar 239,8 trln soʻmni tashkil etdi, shundan 88,1 trln soʻmi ipoteka, 46,7 trln soʻmi mikrokreditlar va 51,1 trln soʻmi mikroqarzlar hissasiga toʻgʻri keladi. Yuridik shaxslarga berilgan kreditlar mazkur davrda 5,5 foizga oʻsib, 404,8 trln soʻmga yetdi, bunda ushbu segmentdagi mikrokreditlar 22,1 foizga, lizing va faktoring operatsiyalari esa 27,5 foizga oshdi. Kredit portfelining qariyb 63 foizi yuridik shaxslar, 37 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.