Ekspertlar baholashicha, butun dunyo boʻylab qozogʻistonliklarga 1 million kriptohamyon tegishli boʻlib, ularning aksariyati MHXM regulyatsiyasidan tashqaridagi xorijiy platformalarda joylashgan.
MHXM Qoʻmitasining avtorizatsiya va moliyaviy texnologiyalar ofisi boshqaruvchi direktori Yerkegali Yedenbayev regulyator ushbu mijozlarni litsenziyalangan muhitga jalb qilishga intilayotganini maʼlum qildi. Hozirda beshta xalqaro kriptoplatforma MHXMda litsenziyalash jarayonidan oʻtmoqda, ulardan ikkitasi dunyodagi eng yirik oʻnta kriptobirja qatoriga kiradi. MHXM regulyatsiyasi ostida allaqachon faoliyat yuritayotgan platformalarda — Binance, Bybit, BigOne va WhiteBit — oʻtgan yili operatsiyalar hajmi $10,5 mlrdni tashkil etdi, mijozlar soni esa 2023-yildagi 53 mingdan 270 ming nafargacha oʻsdi.
