Qozogʻiston depozitlarni kafolatlash jamgʻarmasi Milliy bankning bazaviy stavkasi pasaytirilishiga qaramay, banklar yil oxirigacha omonatlar boʻyicha jozibador stavkalarni saqlab qolishini prognoz qilmoqda.
2026-yilning uchinchi choragi yakunlariga koʻra, Qozogʻiston banklari depozitlarning ayrim turlari boʻyicha oʻrtacha yillik 18,6% gacha daromad taklif qildi. Eng yuqori daromadlilikni toʻldirish imkoniyatiga ega, olti oygacha boʻlgan muddatli va jamgʻarma depozitlar taʼminladi.
Jamgʻarma banklar aholi mablagʻlari uchun raqobatlashayotgani va omonatlar boʻyicha foizlarni bosqichma-bosqich pasaytirayotganini tushuntirmoqda. Uchinchi chorakda 1–6 oylik muddatli omonatlar daromadliligi toʻldirish imkoniyati bor depozitlar uchun 0,7 foiz bandga, toʻldirish imkoniyati boʻlmagan omonatlar uchun esa 0,5 bandga kamaydi.
QDKJ depozitlar yilning qolgan oylarida ham jozibadorligini saqlab qolishini kutmoqda. Regulyator 2026-yil oxirigacha bazaviy stavkaning oʻzgarishi ehtimolini past deb baholadi, banklar oʻrtasidagi raqobat esa omonatlar daromadliligi pasayishini cheklab turishda davom etadi.