kapital.kz maʼlumotlariga koʻra, sentabrda Qozogʻiston banklari Milliy bankning asosiy stavkasi 16,25 foizgacha pasaytirilishi ortidan chakana depozitlar boʻyicha foizlarni pasaytirdi. Bozorda endi yillik 20 foizdan yuqori takliflar qolmadi.
Bozordagi maksimal stavka hozirda toʻldirish huquqiga ega jamgʻarma depoziti boʻyicha 19,60 foizni tashkil etmoqda. Toʻldirish huquqisiz jamgʻarma depoziti boʻyicha 20,50 foizlik stavkani taklif qilgan oxirgi bank sentabr oyida uni 19,51 foizgacha pasaytirdi. 2025-yil oxiridan beri saqlanib kelgan 20 foizdan yuqori stavkalar davri yakunlandi.
3–6 oylik qisqa muddatli jamgʻarma omonatlari hamon 19 foizdan yuqori daromadlilikni qayd etish imkonini bermoqda. Sentabr oyida oltita bank stavkalarni oʻzgartirdi, ularning aksariyati bir nechta segmentlar boʻyicha stavkalarni toʻgʻriladi. Depozit stavkalarining keyingi dinamikasi banklarning qarorlariga hamda Milliy bankning asosiy stavka boʻyicha keyingi qarorlariga bogʻliq boʻladi. Asosiy stavka boʻyicha navbatdagi qaror 2026-yil 23-oktabrga belgilangan.