2026-yil 14-sentabrdan boshlab Qozogʻistonda yillik 2 va 5 foizli imtiyozli ipoteka berish shartlari oʻzgardi. Yillik 2 foizli ipotekani endi faqat navbatda turgan sakkiz toifadagi fuqarolar: urush faxriylari, yetim bolalar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, nogiron farzandi bor oilalar, bevalar hamda davlat mukofotlariga ega koʻp bolali onalar olishi mumkin.
2026-yil 14-sentabrdan boshlab Qozogʻistonda yillik 2 va 5 foizli imtiyozli ipoteka berish shartlari oʻzgardi. Yillik 2 foizli ipotekani endi faqat navbatda turgan sakkiz toifadagi fuqarolar: urush faxriylari, yetim bolalar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, nogiron farzandi bor oilalar, bevalar hamda davlat mukofotlariga ega koʻp bolali onalar olishi mumkin. Ilgari yillik 2 foizli ipotekaga uy-joyga muhtojlar navbatida turgan, oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan daromadi beshta yashash minimumidan oshmaydigan barcha fuqarolar daʼvogarlik qilishi mumkin edi. Yillik 5 foizli ipoteka uchun esa oila daromadiga qoʻyilgan talablar bekor qilindi — endilikda unga Otbasy bank hisobida turgan, navbatdagi barcha fuqarolar daʼvo qilishi mumkin.