2026-yil 1-oktabrdan boshlab Qozogʻistonda muddati 12 oydan ortiq boʻlgan xorijiy valyutadagi jamgʻarma omonatlari boʻyicha maksimal stavka yillik 1% dan 2,5% gacha oshiriladi.
Qaror xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha stavkalarni tartibga solishni bosqichma-bosqich liberallashtirish doirasida qabul qilindi, deb xabar berdi Qozogʻiston depozitlarni kafolatlash jamgʻarmasi. Yillik 2,5% miqdoridagi yangi eng yuqori stavka 2026-yil 1-oktabrdan keyin ochilgan yoki muddati uzaytirilgan depozitlarga nisbatan qoʻllaniladi. Bu tavsiya etilgan yuqori chegara hisoblanadi; aniq shartlarni banklar mustaqil ravishda belgilaydi.
Boshqa xorijiy valyutadagi depozitlar — istalgan muddatga ochilgan muddatli va muddatsiz omonatlar, shuningdek muddati 12 oy va undan kam boʻlgan jamgʻarma depozitlari uchun amaldagi cheklovlar yillik 1% darajasida qoladi. Jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi depozitlari boʻyicha QDKJ kafolati miqdori oʻzgarmaydi va hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda 5 mln tengagacha boʻlgan miqdorni tashkil etadi.