Qozogʻistonning Kaspi.kz fintex-servisi Bosh prokuraturaning Huquqiy statistika qoʻmitasi bilan birgalikda yoʻl harakati qoidalari buzilishi aks etgan videoyozuvlarni koʻrish funksiyasini yoʻlga qoʻydi.
Mijozlar Kaspi.kz ilovasida jarimani toʻlash sahifasida videoni soʻrab olishlari mumkin. Davlat organi tomonidan soʻrov koʻrib chiqilgach, mijoz ilovada bildirishnoma oladi. Video 7 kun davomida ochiq boʻladi, shuningdek, jarima toʻlanganidan soʻng toʻlovlar tarixida saqlanib qoladi.