Qozogʻistonning Kaspi.kz fintexi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda mobil ilovada homiladorlik va tugʻruq nafaqalarini olishga ariza topshirish boʻyicha raqamli servisni ishga tushirdi.
Ilgari ayollar hujjatlar bilan Aholiga xizmat koʻrsatish markazlariga (XXM/SON) murojaat qilishlari kerak edi. Kaspi.kz ilovasida tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish, bola tugʻilganda beriladigan nafaqa, 1,5 yoshgacha boʻlgan bolani parvarishlash boʻyicha toʻlovlar hamda koʻp bolali oilalar uchun nafaqalar allaqachon mavjud.