Qozogʻistonning KASE birjasi BitGo kastodianidan foydalangan holda Solana tarmogʻida raqamli moliyaviy aktivlar infratuzilmasini yaratadi, deb maʼlum qildi birja boshqaruvi raisi oʻrinbosari Mixail Grishko Central Asia Fintech Summit anjumanida.
Uning soʻzlariga koʻra, bu investorlar doirasini kengaytirish va xalqaro bozorda Qozogʻiston vositalarining ommabopligini oshirish imkonini beradi. Banklar va xalqaro tashkilotlarning dastlabki nativ raqamli emissiyalari, shuningdek tokenlashtirilgan anʼanaviy qimmatli qogʻozlar 2026-yil oxiriga kelib paydo boʻladi. 2027-yilning birinchi yarmida infratuzilma raqamli aktivlar bilan repo va garov operatsiyalari bilan toʻldiriladi.