Qozogʻistonning KASE birjasi 9-sentabrdan boshlab oʻz saytida aksiyalarning islomiy investitsiyalar tamoyillariga muvofiqligi boʻyicha tashqi skrining natijalarini eʼlon qildi.
Skrining Ailat fintex-ekotizimi tomonidan koʻrsatkichlarni avtomatik hisoblash uchun sunʼiy intellektdan, ekspertlar tomonidan qoʻlda tekshirishdan hamda AAOIFI (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions) standartlari boʻyicha Shariat nazorat kengashining xulosasidan foydalangan holda oʻtkaziladi. KASE natijalar maʼlumot xarakteriga ega ekanini hamda investitsiya tavsiyasi, daromadlik kafolati yoki birja tomonidan muvofiqlikning rasmiy tasdigʻi hisoblanmasligini aniqlashtirdi.