Oʻzbekistonning Ipoteka bankʼi yangilangan Ipoteka Mobile ilovasini ishga tushirdi, unda mijozlar 100 mln soʻmgacha mikroqarzni onlayn rasmiylashtirishi va mablagʻlarni kartaga komissiyasiz oʻtkazishi mumkin.
Ipoteka Mobile ilovasida mikroqarz toʻliq onlayn rasmiylashtiriladi. Kredit mablagʻlarini kredit hisobidan kartaga oʻtkazish komissiyasiz amalga oshiriladi, ilovada istalgan kartalarga 10 mln soʻmgacha oʻtkazmalar ham 0% komissiya bilan bajariladi.
Qarz oluvchilar «Bank qoplaydi!» aksiyasida ishtirok etishlari mumkin, uning doirasida bank har hafta gʻoliblarning mikroqarzlar boʻyicha asosiy qarzini soʻndirib beradi. Ilova App Store va Google Playʼda mavjud.