Oʻzbekistonning Ipak Yuli Banki Apple Pay xizmatini yoʻlga qoʻygani uchun Visa kompaniyasining Digital Wallets Launch Excellence mukofotini qoʻlga kiritdi.
Visa bankning Oʻzbekistonda zamonaviy toʻlov yechimlarini rivojlantirish boʻyicha faoliyatini eʼtirof etdi. Ipak Yuli Bank kundalik toʻlovlarni soddalashtirish uchun texnologiyalarni joriy qilishda davom etishini maʼlum qildi.