@ipakyulibankuz Telegram-kanali maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy banki Ipak Yuli Bankʼga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.
Litsenziya islomiy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish uchun imkoniyatlar ochadi. Bank yangi mahsulotlarni islomiy moliya tamoyillari asosida ish yurituvchi alohida yoʻnalish — islomiy darcha orqali taqdim etishni rejalashtirmoqda. Xizmatlar jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun ochiq boʻladi.