19-noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan FINNEXT Asia 2026 forumida “Startap-markaz: yangi toʻlqin” startaplar tanlovi oʻtkaziladi, uning gʻolibi HUMO Venturesʼdan 50 mln soʻm miqdorida grant oladi.
Dastlabki saralashdan oʻtgan fintex va IT-loyihalar oʻz yechimlarini potensial investorlar hamda HUMO Ventures direktori Abbosxon Rasulev boshchiligidagi ekspertlar hayʼatiga taqdim etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ariza qabul qilish muddati 15-noyabrgacha uzaytirildi.

