HUMO APEX Bank bilan birgalikda mijozlarga karta rasmiylashtirishda uning oxirgi sakkizta raqamini mavjud kombinatsiyalar orasidan tanlash imkoniyatini taqdim etdi.
Xizmat esda qolarli sanalar, takrorlanuvchi yoki ketma-ket keluvchi raqamlarni tanlash imkonini beradi. Shaxsiy raqamga ega kartani APEX mobil ilovasida yoki bank filiallarida rasmiylashtirish mumkin. Xizmat narxi 200 000 soʻmdan boshlanadi va tanlangan kombinatsiyaga bogʻliq; mavjud raqamlar soni cheklangan.


