Qozogʻistonning Halyk banki uning oylik maosh loyihasiga ulangan kompaniyalar xodimlari uchun “Avans onlayn” xizmatini yoʻlga qoʻydi. Xizmat Halyk SuperApp ilovasi orqali maoshning 50 foizigacha boʻlgan qismini belgilangan muddatdan oldin komissiyasiz va kredit tarixiga taʼsir qilmagan holda olish imkonini beradi.
Xodim ilovada ariza yuboradi, tizim uni koʻrib chiqadi va bir necha daqiqadan soʻng mablagʻ kartaga tushadi. Bu kredit emas, balki allaqachon ishlab topilgan pulning toʻlanishidir. Oʻtkazma uchun komissiyani ish beruvchi toʻlaydi.
Kompaniyani ulash uchun bank hisobi, Onlinebank hamda 1C tizimlarida roʻyxatdan oʻtgan boʻlish talab etiladi. Ulanishdan soʻng buxgalteriya har bir operatsiyani tasdiqlab oʻtirmaydi — tizim soʻrovlarni avtomatik tarzda qayta ishlaydi. Xizmat bank mijozlari, jumladan, “Shipager” tibbiyot markazi oʻrtasida sinovdan oʻtkazildi.