Orqaga·🇺🇿 Oʻzbekiston·Yangiliklar·Bozor profili

GLOBEMARKETS Oʻzbekistonda investitsiya maslahatchisi sifatida ishlash huquqini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi «GLOBEMARKETS» MChJga qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya maslahatchisi professional faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisida tasdiqnoma berdi.

Tasdiqnoma xabardor qilish tartibida beriladi — bu litsenziya emas. Kompaniya haqidagi maʼlumotlar agentlikning rasmiy veb-saytidagi qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining elektron reyestriga kiritildi.

Manbalar