Qozogʻistonning ForteBank banki va BI Group developerlik kompaniyasi hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi hamda birlamchi bozordan uy-joy xaridorlari uchun dastlabki toʻlovi 20% dan, qarz summasi esa 5 dan 100 mln tengagacha boʻlgan ipoteka dasturini yoʻlga qoʻydi.
Kreditlash muddati 12 oydan 15 yilgacha boʻlgan davrni tashkil etadi. Dastur boʻyicha sugʻurta talab qilinmaydi va muddatidan oldin soʻndirish uchun komissiyalar mavjud emas. 12 oylik qarz uchun stavka — yillik 1%, uzoqroq muddatlar uchun esa tabaqalashtirilgan shkala amal qiladi: 50% lik dastlabki toʻlovda 13 oydan 60 oygacha boʻlgan muddat uchun stavka yillik 13,5% ni tashkil qiladi. ForteBank mijozlari BI Group koʻchmas mulkini sotib olishda chegirmaga ega boʻladilar.