YOTB Xitoy investitsiya korporatsiyasi, Ummon investitsiya boshqarmasi, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Turkiyaning OYAK jamgʻarmasi hamda Shenwan Hongyuan Securities bilan birgalikda Markaziy Osiyo va Kavkazorti toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondini (CACPEF) tashkil etadi.
Fond mintaqadagi istiqbolli kompaniyalarga investitsiya kiritib, Xitoy, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi institutsional investorlarning kapitali, tajribasi va ishbilarmonlik aloqalarini birlashtiradi. U kompaniyalarga sohaviy ekspertiza, texnologiyalar va hamkorlarning bozor resurslariga kirish imkoniyatini taqdim etishga koʻmaklashadi.
YOTB boshqaruvi raisi oʻrinbosari Daniyar Imangaliyev fondni tayyorlash jarayonidagi ishtirok ishtirokchi davlatlar iqtisodiyotiga qoʻshimcha resurslarni jalb qilish hamda mintaqaviy kompaniyalar oʻsishini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilishini taʼkidladi.