Oʻzbekistonning Click toʻlov servisi SuperApp ilovasiga Uzcard va Humo kartalaridan soʻmdagi Mastercard kartalarini toʻldirish funksiyasini qoʻshdi.
Ilova foydalanuvchilari endi ushbu kartalardan Mastercard kartalariga mablagʻ oʻtkazishlari hamda toʻldirilgan kartadan xalqaro servislarga toʻlov qilish, xorijiy saytlar va marketpleyslarda xaridlar amalga oshirish, shuningdek, mehmonxonalar va aviachiptalarni band qilish uchun foydalanishlari mumkin.


