Qozogʻiston Taraqqiyot Banki respublika ahamiyatiga ega avtomobil yoʻllarini qayta tiklash uchun «QazAvtoJol» milliy kompaniyasiga ikkinchi darajali banklar sindikatidan 700 mln dollargacha mablagʻ jalb qilishni maʼqulladi.
«QazAvtoJol» MK BRK oldidagi majburiyatlarining bir qismini ikkinchi darajali banklar — Halyk Bank, Yevroosiyo Banki va «SentroKredit» Banki sindikati mablagʻlari hisobidan qayta moliyalashtirish boʻyicha kelishuv tuzdi. Banklar sindikati yoʻllarni qayta tiklash loyihasini moliyalashtirishning bir qismini oʻz zimmasiga oladi.
BRK loyihani moliyalashtirishda 2024-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. BRK kredit bitimining umumiy summasi 1 mlrd dollarni tashkil etadi. Bugungi kunga qadar umumiy uzunligi 3272 km boʻlgan 164 ta obyektda ishlar yakunlandi. Yana 1594 km uzunlikdagi 60 ta obyektda, jumladan Samara — Chimkent, Jezqazgʻan — Petropavlovsk, Dossor — Oqtov va boshqa strategik muhim yoʻnalishlardagi uchastkalarda ishlar davom etmoqda. BRK ishtirokining koʻlami Qozogʻistonning 15 ta hududini qamrab oladi.