16-noyabr kuni Bloomberg Freedom Holding asoschisi Timur Turlov haqida maqola eʼlon qildi: u Qozogʻistonda yaratilgan ekotizimni global bozorga olib chiqishni va Revolut bilan raqobatlashishni maqsad qilgan.
Yevropadagi rejalar
Iyun oyida Turlov FT nashriga butun Yevropa boʻylab 70 milliondan ortiq mijozga ega boʻlgan Revolutʼdan «oʻrganish kerak boʻlgan narsalar borligini» aytgan edi.
Yevropada kengayish uchun baza sifatida Fransiya tanlandi. 2026-yil 1-iyun kuni xolding Fransiya bank litsenziyasini olish uchun ariza topshirdi. Maqsad — litsenziya olinganidan keyin uch yil ichida 50 milliongacha yevropalik mijozlarni jalb qilish, deb taʼkidlagan edi Turlov iyun oyida FT nashriga.
Kompaniya mamlakatda raqamli ekotizim va moliya infratuzilmasini rivojlantirishga qariyb 500 mln yevro sarmoya kiritish rejalari haqida eʼlon qildi, deb xabar beradi qaz365.kz.
Turkiyadagi infratuzilma
Bunga parallel ravishda guruh Turkiya bozorida ham oʻz oʻrnini mustahkamlamoqda. 2026-yil iyul oyida xolding Turkish Bank A.Ş. aksiyalarining 99,32 foizini 33,4 mln dollarga sotib olish boʻyicha bitimni yakunladi. Moliya instituti Freedom Bank A.Ş. deb qayta nomlandi.
Avgust oyida Freedom Yatırım investitsiya boʻlinmasi Capital Markets Board of Türkiye tomonidan operatsion litsenziyani qoʻlga kiritdi. Bu 1992-yildan beri regulyator tomonidan Turkiyada shunday keng koʻlamli ruxsatnomalar berilgan birinchi xorijiy brokerlik kompaniyasidir.
Joriy koʻlam
2026-yil avgust oyi oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Freedom 24 ta mamlakatda faoliyat yuritmoqda. Qozogʻistonda Freedom SuperApp roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari soni 6 million kishiga yaqinlashdi.