Oʻzbekiston Milliy banki profilaktika ishlari munosabati bilan Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hududiy boshqarmalaridagi bankomatlar faoliyatini vaqtincha toʻxtatadi.
19-oktabrdan 23-oktabrgacha Jizzax viloyati Bosh boshqarmasining barcha bankomatlari vaqtincha oʻchiriladi. 20-oktabrdan 25-oktabrgacha esa Sirdaryo viloyati Bosh boshqarmasining bankomatlari oʻchiriladi.