2026-yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston tijorat banklari 461 mlrd soʻmdan ortiq miqdordagi 18 mln dan ziyod firibgarlik amaliyotining oldini oldi, deb xabar berdi Markaziy bank matbuot xizmati.
Top-10 bank hissasiga 3,9 mln holat, qolgan banklar hissasiga esa 14,2 mln holat toʻgʻri keldi. Mobil ilovalardagi antivirus tizimlari 1,28 mln qurilmaga kirishni chekladi va 2 mln qurilmadan zararli dasturiy taʼminotni oʻchirib tashladi. Banklar amaliyotlarni xavf darajasi boʻyicha baholaydigan hamda yuqori xavf aniqlanganda shubhali amaliyotlarni cheklaydigan sessiyaviy antifrod tizimlarini joriy qildi.