kapital.kz maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistonning Freedom Bankʼi tadbirkorlar uchun raqamli tender kafolatlarini nol komissiya bilan chiqara boshladi.
Kafolatlar toʻliq onlayn tarzda, garovsiz hamda joriy hisobdagi aylanmalar hisobga olinmagan holda rasmiylashtiriladi. Qarorni skoring modeli asosida avtomatlashtirilgan tizim qabul qiladi. Kafolat muddati takliflar ochilgan kundan boshlab 120 taqvimiy kungacha, biroq limit muddatidan oshmagan davrni tashkil etadi.
Mahsulot yakka tartibdagi tadbirkorlar va MChJlar (TOO) uchun davlat muassasalarining tanlov va tenderlarida ishtirok etishga moʻljallangan. Agar mijozning Freedomʼda joriy hisobi boʻlmasa, kafolat rasmiylashtirilayotganda u tengeda avtomatik ochiladi. Ariza bank sayti orqali topshirilishi mumkin.