Qozogʻiston poytaxti Global Financial Centres Index’ning 40-nashrida dunyoning 117 ta moliya markazi orasida 65-oʻrindan koʻtarilib, 57-oʻrinni egalladi.
Ostona reytingi 18 punktga oshib, 684 dan 702 gacha yetdi. Shahar Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda uch yildan ortiq vaqtdan beri saqlab kelayotgan yetakchilik mavqeini mustahkamladi. Ushbu mintaqaviy reytingda keyingi oʻrinlarni Kipr (72-oʻrin) va Varshava (78-oʻrin) egalladi. Alohida fintex reytingida esa Ostona toʻrt pogʻonaga koʻtarilib, 55-oʻrindan 51-oʻringa chiqdi.