Qozogʻiston Milliy bankining Antifrod-markazi ikki yil ichida 117 mlrd tenge miqdoridagi shubhali operatsiyalarni blokladi va 180 mingta
shubhali hodisani qayd etdi.
2026-yilning sakkiz oyida internet-firibgarlikdan jabrlanganlarga 5,9 mlrd tenge qoplab berildi. IIV Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti rahbari Jandos Suyinbay bergan maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistonda uch yil ichida kiberfiribgarlik holatlari soni 40 foizga qisqardi, mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.