Oʻzbekistonning ANORBANK banki mobil ilovasini yangiladi: Android talqini orqali avtokreditga ariza topshirish imkoniyati, doimiy kommunal toʻlovlarni saqlab qolish funksiyasi hamda «Mening avtomobilim» boʻlimi orqali toʻxtash joyi uchun toʻlov qilish yoʻlga qoʻyildi.
Bank, shuningdek, pedagoglar uchun 3 oy muddatga yillik 22% stavka bilan maxsus Murabbiy depozitini ishga tushirdi. Shu bilan birga, Gavhar, Manfaat, Yuksak va Fursat mahsulotlaridan iborat depozitlar qatori yangilandi. Barcha yangilanishlar ANORBANK ilovasida mavjud.
