Ostona xalqaro moliya markazining Tech Hubʼi Qozogʻiston maktab oʻquvchilari uchun sunʼiy intellekt boʻyicha yangi modullar, sertifikatlash va oʻyin topshiriqlariga ega FinPro mobil ilovasining yangilangan talqinini taqdim etdi.
2026-yil fevral oyida ishga tushirilgan ilova uchta yangi taʼlim moduliga ega boʻldi: videodarslarga ega sunʼiy intellekt asoslari kursi, AIFC Academyʼning elektron sertifikatlar tizimi hamda foydalanuvchining har bir toʻgʻri javobi bilan virtual mushuk ulgʻayadigan «Help Barsik Grow» interaktiv oʻyini.
FinPro ilovasi shaxsiy moliyani oʻrganishni boshlayotgan maktab oʻquvchilari uchun ishlab chiqilgan. U taʼlim materiallari, amaliy topshiriqlar va oʻyin elementlarini birlashtiradi. Ilova App Store va Google Playʼda mavjud.
AIFC Tech Hub Qozogʻiston maktablariga bir qator tanishuv tashriflarini tashkil etishni rejalashtirmoqda, u yerda oʻquvchilar ilovaning yangi imkoniyatlarini oʻrganishlari mumkin boʻladi.