Qozogʻiston moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish agentligi yil boshidan 2026-yil 1-sentabrgacha 14,7 mingta murojaatni koʻrib chiqdi.
Shikoyatlarning eng katta qismi bank sektoriga — 47,7%, mikromoliya tashkilotlariga — 37,8%, kollektorlik agentliklariga — 8,1% toʻgʻri keladi.
Moliya bozori subyektlariga nisbatan toʻrtta tavsiyaviy tusdagi nazorat chorasi, toʻrtta yozma koʻrsatma hamda jami 5,6 mln tenge miqdorida 11 ta jarima qoʻllandi.