Qozogʻiston agentligi bank qarzlar va mikrokreditlar boʻyicha toʻlovlarni kechiktirish butun muddatli harbiy xizmat davrida hamda u tugaganidan keyin 60 ta kalendar kun davomida avtomatik tarzda taqdim etilishini eslatdi.
Kechiktirish shartlariga koʻra, kreditlar boʻyicha toʻlovlar toʻxtatib turiladi, foizlar hisoblanmaydi. Bank yoki mikromoliya tashkilotiga murojaat qilish va ariza topshirish talab etilmaydi. Muddatli harbiy xizmat davrida yangi kreditlar berish taqiqlanadi.