Qozogʻiston moliya regulyatori mikromoliya tashkiloti faoliyatining toʻxtatilishi qarz oluvchilarni mikrokredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlardan ozod qilmasligini maʼlum qildi.
Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi qarz oluvchilarning pul mablagʻlarini qaytarish va ustama toʻlash boʻyicha majburiyatlari MFO litsenziyadan mahrum qilinganda, u tugatilganda yoki bankrot boʻlganda ham saqlanib qolishini eslatib oʻtdi. Bu majburiyatlar qarz rasmiylashtirilgan paytda vujudga keladi va kreditorning maqomidan qatʼi nazar oʻz kuchida qoladi.