Ostona moliyaviy regulyatori AFSA u tomonidan tan olingan sakkizta yurisdiksiyada — FCA, ASIC, MAS, HK SFC, HKMA, ADGM FSRA, DFSA va QFCRAʼda litsenziyaga ega boʻlgan moliya kompaniyalari uchun soddalashtirilgan avtorizatsiya tartibini joriy qildi.
Kompaniyalar qisqartirilgan hujjatlar paketini topshirishlari mumkin boʻladi, ayrim masalalar esa litsenziya olinganidan soʻng nazorat doirasidagi muloqot orqali hal etilishi mumkin. Tezlashtirilgan litsenziyalash turli xil faoliyat turlari, jumladan, investitsiyalarni boshqarish, fondlarni maʼmurlash, saqlash (kastodial) xizmatlari va konsultatsiya berish uchun amal qiladi. AFSA, agar xavf-xatarlar tufayli talab etilsa, qoʻshimcha maʼlumot soʻrash yoki arizani standart tartibga qaytarish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
