Ostona moliyaviy regulyatori AFSA nodavlat fondlarning (Non-Exempt Funds) boshqaruvchi kompaniyalariga alohida maʼmurni majburiy jalb qilish oʻrniga, 2027-yil 31-iyulgacha maʼmur vazifalarini mustaqil bajarishga ruxsat berdi.
AIFC Collective Investment Scheme Rules qoidalarining 8.2(a) bandiga kiritilgan oʻzgarishga koʻra, boshqaruvchi kompaniyalar fond portfelini boshqarishdan mustaqil ravishda maʼmur vazifasini bajarsa, nodavlat fondlar (koʻchmas mulk investitsiya fondlaridan tashqari) bilan alohida maʼmursiz ishlashlari mumkin. 2027-yil 31-iyuldan keyin boshqaruvchi kompaniya va maʼmur vazifalari ajratilishi shart.
Oʻtish davrida boshqaruvchi kompaniyalar fond prospektida maʼmur vazifasini oʻzlari bajarayotganini oshkor qilishlari hamda 2027-yil 31-martgacha qaysi maʼmurni va qachon yollashni rejalashtirayotgani haqida AFSAʼni xabardor qilishlari kerak. AFSA bu vaqtinchalik chora ekani va uzaytirilmasligini taʼkidladi. 2027-yil 1-avgustdan keyin regulyator uchun maʼqul boʻlgan maʼmurga ega boʻlmagan fondlarni nazorat va majburiy choralar kutmoqda.