“Orienbonk” OAJ va “YuniKredit Bank” AJ transchegaraviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda Tojikistonda savdoni moliyalashtirishni rivojlantirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri vakillik hisobvaraqlarini ochishga kelishib oldi.
Kelishuvga 2026-yil 10-noyabr kuni Dushanbe shahrida banklar rahbariyatining uchrashuvida erishildi. Toʻgʻridan-toʻgʻri vakillik hisobvaraqlar korporativ mijozlar uchun muddatlar va xarajatlarni qisqartirgan holda, hisob-kitoblarni vositachilarsiz amalga oshirish imkonini beradi.
Tomonlar, shuningdek, eksport-import shartnomalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida savdoni moliyalashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy valyutalarni oldi-sotdi operatsiyalarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Orienbonk ushbu hamkorlik MDH va Yevropa mamlakatlari bilan hisob-kitoblar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri kanallarni ochishini taʼkidladi.