Qirgʻiziston Respublikasi Milliy banki boshqaruvi 24-avgust kuni hisob stavkasini 12,00% darajasida saqlab qolishga qaror qildi, qaror 25-avgustdan kuchga kiradi.
Regulyator maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda yillik inflyatsiya koʻrsatkichi 11,7% ni tashkil etdi, isteʼmol narxlari esa 2026-yil boshidan buyon 7,3% ga oshdi. Boshqaruvning hisob stavkasi miqdori boʻyicha navbatdagi rejaviy yigʻilishi 2026-yil 26-oktyabrga belgilangan.