Qirgʻiziston Respublikasi Milliy banki qonunchilik va regulyatorning meʼyoriy hujjatlari talablarini buzgani uchun Bishkekdagi sakkizta valyuta ayirboshlash byurosiga jarima soldi.
Sakkizta valyuta ayirboshlash byurosining har biriga 55 000 som miqdorida jarima tayinlandi. Qoidabuzarliklar Qirgʻiziston Respublikasi qonunchiligi hamda Milliy bankning normativ-huquqiy hujjatlari talablariga taalluqli boʻlgan.