Qirgʻiziston Milliy banki isteʼmol kreditlash va sudxoʻrlik faoliyati sohasidagi qonunchilik talablarini buzgani uchun oltita tijorat bankiga jarima soldi.
Toʻrtta tijorat bankining har biri 65 000 somdan, ikkita bank esa har biri 55 000 somdan jarimaga tortildi. Jarimalarning umumiy summasi 370 000 somni tashkil etdi.
Qoidabuzarliklar Qirgʻiziston Respublikasi qonunchiligi hamda Milliy bankning isteʼmol kreditlash va sudxoʻrlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlari talablariga taalluqli boʻlgan.