Qirgʻiziston Respublikasi Milliy banki katta yoshli aholining moliyaviy savodxonligi boʻyicha uchinchi milliy tadqiqotni yakunladi. Umumiy koʻrsatkich 2021-yildan buyon 4% ga oshib, mumkin boʻlgan 20 balldan 11,8 ballni tashkil etdi.
Qirgʻiziston Respublikasi Milliy banki katta yoshli aholining moliyaviy savodxonligi boʻyicha uchinchi milliy tadqiqotni yakunladi. Umumiy koʻrsatkich 2021-yildan buyon 4% ga oshib, mumkin boʻlgan 20 balldan 11,8 ballni tashkil etdi. Moliyaviy bilimlar toʻrt yil ichida 10% ga oshdi, moliyaviy xulq-atvor 3% ga oʻsib, 69% ga yetdi, moliyaga boʻlgan munosabat koʻrsatkichi esa 8% ga pasaydi. Tadqiqot YeXHTning Bishkekdagi Dasturlar ofisi koʻmagida IHTT metodologiyasi boʻyicha oʻtkazildi; shunga oʻxshash tadqiqotlar 2017 va 2021-yillarda oʻtkazilgan edi.