Qirgʻizistonning MBANK banki doʻkonlardagi xaridlarni karta va telefonsiz, kaft biometriyasi orqali toʻlash imkonini beruvchi MPay Alakan xizmatini namoyish etdi.
6-oktabr kuni MTalX konferensiyasida MBANK tizim qanday ishlashini koʻrsatdi: xaridor kaftini kassadagi oʻquvchi qurilmaga yaqinlashtiradi va mablagʻ u tanlagan bank hisobidan yechiladi. Tizim kaft tomirlari rasmini taniydi, bu esa MBANK bosh direktori Marat Toraliyevning soʻzlariga koʻra, fotosurat orqali ruxsatsiz toʻlovlar amalga oshirilishidan himoya qiladi.
Xizmatdan foydalanish uchun MBANK ilovasi orqali kaftni bir marta roʻyxatdan oʻtkazish va mablagʻ yechiladigan hisobni tanlash lozim. Faqat bitta qoʻlni roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. MBANK roʻyxatdan oʻtkazish nuqtalarini oʻz tarmogʻida va butun mamlakat boʻylab ayrim maydonchalarda, jumladan, “Aziya” gipermarketlarida joylashtirishni rejalashtirmoqda.