Qirgʻizistonning MBANK banki Issiqkoʻlda oʻtkazilgan «Butunjahon koʻchmanchilar oshxonasi» gastronomik festivalining bosh homiysi boʻldi va internetsiz ishlaydigan MPay toʻlov xizmatini yoʻlga qoʻydi.
Festival 4-sentabr kuni Qirchin darasida hamda VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari doirasida Issiqkoʻl viloyatining yana toʻrtta nuqtasida boshlandi. Barcha maydonlarda har kuni 200 mingga yaqin kishi tashrif buyuradigan 150 dan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchasi ochildi. Toʻlov xizmati mehmonlarga etnobozorlarda ovqat va tovarlar uchun naqd pulsiz hamda bankomat qidirmasdan toʻlov qilish imkonini beradi. MBANK Qirgʻiziston Respublikasi Milliy bankining 014-sonli litsenziyasiga ega.