Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeTB) va Ummon Sultonligi Moliya vazirligi Sultonning Qozogʻistonga davlat tashrifi chogʻida Bankning Ummon hududida boʻlish shartlari toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi.
Hujjatni Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ishtirokida Ummon moliya vaziri Sulton bin Salim Al-Xabsiy va YeTB Boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov imzoladi.
Ummon Sultonligi Bankning sakkizinchi aksiyadori va Koʻrfaz mintaqasidan birinchi ishtirokchi davlatga aylanadi. Bitim tomonlarning uzoq muddatli sheriklik, barqaror investitsiyalar va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga boʻlgan qiziqishini aks ettiradi.