Qirgʻizistonning DemirBank banki Xitoyning elektromobillar ishlab chiqaruvchisi Zeekr bilan hamkorlikni boshladi va “Jashil avtonasiya” avtokreditlash dasturini taklif qildi.
Dastur 6 oydan 60 oygacha boʻlgan muddatga 350 mingdan 17,5 mln somgacha miqdorda kreditlarni koʻzda tutadi. Yillik foiz stavkasi 14% dan, dastlabki toʻlov esa 20% dan boshlanadi. Arizani DemirBank filiallarida yoki 2222 raqami orqali topshirish mumkin.